Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini jismonan chiniqtirish va ular uchun yozgi sog‘lomlashtirish davrini mazmunli tashkil etish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun tumandagi 35-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda, Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri T.O‘zbekov ishtirok etishdi.
Seminar davomida, mas’ullarga bolajonlar uchun yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.