Sariosiyo tuman hokimi A.Donayevning 1-sektor hududidagi mahalla yoshlar yetakchilari bilan onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muloqotda, mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi muammo va kamchiliklar hamda ularni hal etish, mahalladagi yoshlarni xatlov qilish orqali “Yoshlar balansi” platformasi bazasiga kiritish hamda mahalla yoshlari yetakchilariga qo‘yilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘z vazifasiga loqayd qarayotgan yoshlar yetakchilariga belgilangan topshiriqlar yuzasidan uslubiy tegishli qo‘llanmalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tushuntirish berildi.
Muloqot yakunda, ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan muammo va kamchiliklar aytib o‘tilib ularni bartaraf etish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.