Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tumani hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida hamda tumandagi mahallalar yettiligi bilan yig‘ilish oʻtkazildi.
Yig‘ilishda, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, obodonlashtirish ishlari, soliq tushumlari, jinoyatchiliklarni oldini olish, kommunal to‘lovlar hamda mahallada aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, yoshlarni sport, musiqa va IT to‘garaklarga, ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish va shu kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.