Sariosiyo tumani hokimligi-Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 10.05.2024-yil
...
10.05.2024
81 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tumani hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida tumandagi mahallalar yettiligi bilan yig‘ilish oʻtkazildi.

 

Yig‘ilishda, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, hududlarni obod qilish, mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish masalalari muhokama qilindi.

 

Xususan, obodonlashtirish ishlari, soliq tushumlari, jinoyatchiliklarni oldini olish, kommunal to‘lovlar hamda mahallada aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, yoshlarni sport, musiqa va IT to‘garaklarga, ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish va shu kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, migratsiyada yurgan fuqarolarining oila a’zolari bilan doimiy suhbatlashib turish, ularning talab va istaklaridan kelib chiqib ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlash hamda aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan ko‘plab loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilab berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?