Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tumani hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida hamda tumandagi mahallalar yettiligi bilan yig‘ilish oʻtkazildi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga yordam berish, aholi bandligini ta’minlash, oilalarda zo‘ravonlikning oldini olish va ijtimoiy muhofaza, jinoyatchilikni jilovlash, ijtimoiy profilaktika faoliyatiga tatbiq qilinayotgan yangicha yondashuvlar bo‘yicha har bir mas’ulning mahalladagi o‘rni, asosiy vazifa va majburiyatlari yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, soliq tushumlari, jinoyatchiliklarni oldini olish, kommunal to‘lovlar hamda mahallada aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, yoshlarni sport, musiqa va IT to‘garaklarga, ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish va shu kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.