Sariosiyo tumani hokimligi-Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 2024-yil 30-yanvar
...
30.01.2024
105 marta o'qildi

Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tumani hokimi Abduqodir Donayev boshchiligida hamda tumandagi mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbus asosida mahalla institutining isloh qilinishi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga yordam berish, jinoyatchilik, oilalarda zo‘ravonlikning oldini olish, aholi bandligi, ijtimoiy muhofazasi kabi masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, tuman hokimi uchrashuvda yangi tizimning ijobiy jihatlari, aholi masalalarini o‘rganish, muammolarga manzilli yondashish, xususan, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda erishilayotgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, quyosh panellaridan foydalanish, soliq tushumi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash va shu kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunda, ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?