Sariosiyo tumani hokimligi-Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 2024-yil 06-iyun
...
06.06.2024
45 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida, tumani hokimi Abduqodir Donayev boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari hamda tumandagi 61 ta "Mahalla yettiligi" bilan tanqidiy va tahliliy uchrashuv oʻtkazildi.

 

Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbus asosida mahalla institutining isloh qilinishi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga yordam berish, jinoyatchilik, oilalarda zo‘ravonlikning oldini olish, aholi bandligi, ijtimoiy muhofazasi kabi masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Shu bois tuman hokimi uchrashuvda, aholi masalalarini o‘rganish, muammolarga manzilli yondashish, xususan, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda erishilayotgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, soliq tushumi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash va shu kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Yakunda ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?