Sariosiyo tuman Madaniyat uyi binosida tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida tumandagi mahalla yettiligi hamda aloqador tashkilot rahbarlari ishtirokida mahalla yettiligining faoliyati yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda “Mahalla yettiligi”ga mas’ul bo‘lgan idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Shu qatorda, mas’ullar mavjud muammolar, kamchiliklar hamda yil yakuniga qadar belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berib o‘tishdi.
Yig‘ilishda, elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish, fuqarolarni va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, soliq tushumlari, muammoli kreditlar bilan ishlash borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi uchrashuvda, aholi muammolarini o‘rganish, muammolarga manzilli yondashish, xususan, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Xususan, mahallalarda aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.