Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda sektor rahbarlarining tumandagi mahalla yettiligi bilan navbatdagi chat orqali jonli muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan belgilangan vazifalar ijrosi, ijro intizomi, soliq tushumlari, obodonlashtirish ishlari, jinoyatchilikni oldini olish, kommunal to‘lovlar hamda mahallada aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqilib, hududlarda belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi.