Sariosiyo tumani hokimligi-“Mahalla-jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdon ko‘zgusi”
...
02.02.2024
87 marta o'qildi

“Mahalla-jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdon ko‘zgusi”

Bugun, 2-fevral kuni O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Surxondaryo viloyat Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i S.Sheraliyev tumanning “Yangi hayot”, “Tortuli”, “Do‘stlik” mahallarida bo‘lib, mahalla raislari va mahalla faollari bilan uchrashib, mahalla obodligini ta’minlash, jumladan, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, har oyda bir marotaba mahalladagi barcha ko‘chalarda ommaviy hashar uyushtirish, kamida 2 ta ehtiyojmand oilalarning ta’mirtalab xonadonida qo‘ni-qo‘shnilarni jalb etgan holda, hashar tashkil etishi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Raisi, siyosatshunos Qahramon Quronboyevning kuni kecha chop etilgan “Mahalla islohotlar markazidagi ta’sirchan kuch, fuqarolik jamiyatidagi mustaqil va xalqchil tuzilmadir” nomli maqolasini o‘qib eshittirib, maqolaning mazmun mohiyatini tushuntirib berdi.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirishimiz zarur. Yana tajriba orttiramiz, yana o‘zgartiramiz. Hayot bizni shunga majbur qilyapti. Hozirgi tahlikalarga yechim topamiz desak, bizni yagona yo‘limiz-mahalla, mahalla, mahalla va yana bir marta mahalla.Mahalla tizimi obro‘yini qancha ko‘tarsak, odamlar ishonadi, odamlar bizdan rozi bo‘ladi”.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?