Sariosiyo tumanida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chog‘ida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishda “Surxondaryo tajribasini” yo‘lga qo‘yish borasida vazifa topshirilgan edi. Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi barcha korxona va tashkilotlar, muassasalar, mahallalarda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, tumandagi 1-,2-,3-,4-sektorlarda hamda korxona va muassasalarda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.