Xabaringiz bor, Sariosiyo tumani M 41 avtomobil yo‘l bo‘ylab amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarning rejalari tuzilib, tegishli chora-tadbirlar bo‘yicha vazifalar belgilab olingan edi.
Xususan, bugun tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari va tumandagi mas’ullar bilan birgalikda M 41 avtomobil yo‘li va bojxona chegara posti hududi yaqinida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, tuman rahbari tomonidan M 41 avtomobil yo‘lida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi ko‘zdan kechirildi.
Shunga ko‘ra, mutasaddilar va obodonlashtirish sohasi mas’ullariga ishlarni tizimli va sifatli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.