Sariosiyo tumani hokimligi-Lavanda
...
01.04.2024
87 marta o'qildi


     Mutaxassisning ta’kidlashicha, Lavanda o‘simligi suvsizlikka chidamli bo‘lib, sug‘orishni talab qilmaydi.

 

     Yil davomidagi yog‘ingarchilik ushbu o‘simlik uchun kifoya qiladi.

 

    Keyingi yildan esa lavanda mustahkam tomir otib olgach, bu yerda boshqa o‘t o‘smaydi, har xil hasharotlar ham uchramaydi.

 

     O‘zidan xushbo‘y hid taratib turadi bu o‘simlik.

 

     Lavanda o‘simligi mamlakatimizda yetishtirilishi mumkin bo‘lgan ajoyib hidga ega bo‘lgan shifobaxsh o‘simlik hisoblanadi.

 

     U oziq-ovqat sanoatida, kosmetalogiya va parfumeriya hamda tibbiyot sohalarida ishlatiladi.

 

     Lavanda o‘simligining ildizi namlikka juda sezgir.

 

     Shuning uchun bu o‘simlikni yaylov va adirlarda ko‘paytirish samarali natija beradi.

 

     Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “lavanda nishasi” 2020-yildan o‘zlashtirila boshlangan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?