Buguningizni qadrlang!
Bir kun hammasi yaxshi bo‘ladi, deymiz. Aslida bugunimiz ham eng yaxshisi ekanini bilmaymiz.
Bir kun o‘sha yor ham kelar, muammolar ketar, qarz uzilar, uy olinar, vatanga qaytilar, sog‘ayib ketilar. Ammo o‘sha vaqtda buguningizdagidek yoshroq bo‘lmaysiz.
O‘sha bir kuni bugungi ishtiyoqingiz, shijoatingiz, kuchingiz, quvvatingiz bo‘lmasligi mumkin.
Buguningizni qadrlang. Aslida eng yaxshi kun bugundir.