Dono vazir shuldir-ki, o‘z o‘rniga qarab, goh qattiqqo‘llik, gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo‘llik ham qilmaydi, ko‘p muloyimlik bilan yumshab ham ketmaydi. Agar ko‘p muloyimlik qilsa, dunyo talab, tamagir odamlar uni yutib yuboradilar. Agar ortiqcha qattiqqo‘llik ishlatsa, undan qochadilar va unga boshqa murojaat qilmaydilar.
Demak, dono vazir shuldir-ki, saltanat korxonasining ishlarini eng to‘g‘ri chora-yu tadbirlar qo‘llab, yaxshi anglagan holda amalga oshirib, davlatni tartib-intizomga keltiradi. Saltanat ishlarini sabr-toqat, chidam bilan ado etadi, muammolarni o‘z o‘rnida qattiqqo‘llik, o‘z o‘rnida muloyimlik bilan hal qiladi. Bu xildagi vazirni davlat sherigi deb bilsinlar, chunki davlat-u saltanat uch narsa: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir.
Sohibqiron Amir Temur