Qo‘lingizda bir stakan suvni ko‘tarib turganingizni ko‘z oldingizga keltiring.
Agar uni 1 daqiqa ushlab tursangiz, hech bir og‘irligi yo‘q. Agar bir soat tutib tursangiz qo‘lingiz toliqishni boshlaydi. Agar bir kun tutib tursangiz qo‘lingiz holsizlashadi va falaj bo‘ladi.
Aslida stakanning og‘irligi o‘zgargani yo‘q, ammo qancha ko‘p ko‘targaningiz sari shuncha ko‘p og‘irlikni his qilasiz va bu sizga zarar berishni boshlaydi.
Stress, vahima va tushkunlik ham shunday.
Bir on o‘ylash – bu normal holat. Kun davomida o‘ylash azob beradi.
Uzoq vaqt o‘ylayversangiz, sizni falaj qiladi.
Yetar, bas endi stakanni tashlang!