Sariosiyo tumani hokimligi-kun_tavsiyasi 2024-yil 14-may
...
14.05.2024
103 marta o'qildi

Bambuk falsafasi

Xitoyda bir turdagi bambuk daraxti bor. Bu bambuk daraxti ekilganidan keyin 5 yil davomida hech qanaqa o‘sishsiz, bir xil saqlanib turadi. Ko‘pchilik tashqaridan qaraganda o‘sish bo‘lmayapti deb o‘ylaydi. Lekin aslida shu 5 yil davomida pastga qarab ildiz otayotgan bo‘ladi va 5 yildan keyin shunaqa darajada tez o‘sib ketadi-ki, 60 kunda 50-60 metrgacha o‘sib ketadigan holatlar bo‘ladi.

Insonda ham shunaqa, biror ishni qilishga kirishgan payt boshlanishida hech qanaqa natija ko‘rmaydi. Bu degani inson o‘smayapti degani emas. O‘syapti, faqat o‘ziga shu davrda fundament qurayotgan bo‘ladi. Shu fundament yaxshi qurib olinsa, keyin o‘sish tezlashib ketadi.

Shunday ekan, fundamentni qurishdan to‘xtamang, bir kun kelib albatta balandga ko‘tarilasiz!



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?