ENG AHAMIYATLI UCH NUQTA
- Sen uchun eng muhim vaqt – sening hozirgi oningdir.
Chunki, faqat shu ondagina, faqat hozir sen bir yaxshi ish qilishing mumkin.
- Sen uchun eng muhim inson – hozir sening oldingda bo‘lgan odamdir.
Chunki, o‘sha ondan keyin balki, uni boshqa ko‘rmaysan. Shunday ekan, undan foydalanib qol. Unga yaxshilik qil.
- Sen uchun eng muhim ish – yaxshilik qilishdir.
Chunki, insoniyatning asosiy vazifasi ham, hayotining g‘oyasi ham shudir.
Omadli insonlar mana shu uch nuqtaga ahamiyat beradi va undan foydalanadi.