...
05.04.2024
54 marta o'qildi

  • Agar inson hech qachon hech kimga ishonmayman desa, bilingki, u qachonlardir kimgadir keragidan ortiq ishongan;
  • Aqlli inson bilganini yarmini ham gapirmaydi. Nodon gapirayotganini yarmini ham bilmaydi;
  • Bitta og‘zimiz va ikkita qulog‘imiz borligi bekorga emas, gapirishdan ko‘ra ko‘proq eshitishimiz lozim;
  • Tabassuming ortidagi mahzunlikni tushuna oladigan insonlarni DO‘ST deb atashadi;
  • O‘zingni o‘zgartirish oson bo‘lmasligini o‘ylab ko‘rsang, boshqalarning fikrini o‘zgartirish qanchalik qiyin ekanligini tushunib yetasan...
  • O‘tkinchi dunyo deydilar, asli biz o‘tkinchimiz...
    Dunyo bizni kutib olib, kuzatib qo‘yguvchidir...



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?