Istalgan sohada muvaffaqiyatga erishishning birinchi raqamli sharti — Qat’iyat!
Qat’iyat bu — boshida ishlar yurishmasa-da, davom etish!
Qat’iyat bu — aslida omadsizlik ham muvaffaqiyatning bir qismi ekanligini bilgan holda olg‘a yurish!
Qat’iyat bu — og‘riqlarga chidab, yakuniy maqsadlarga jilmayib qarash!
Qat’iyat bu — og‘ir damlarda ortga chekinmay "men, albatta, bunga erishaman!" deya kuchli ahd qilish.
Qat’iyat bu — maqsadga erishishni tanadagi butun hujayralar bilan his qilib, qattiq xohlash!
Qat’iyat bu — hattoki doim amaldagi hayotiy qonunlarni buzib o‘tib, maqsadning peshonasidan o‘pish!
Qat’iyat bu — qo‘rquvni qo‘rqitib, sening joying shu yerda deb, bir xonaga qamab, o‘zi esa maqsad tomonga yugurgan kuch!
Muvaffaqiyatga erishishni xohlaysanmi? Qat’iyatli bo‘l!