Bosh prokuror N.Yo‘ldoshevning joriy yil 7-8 avgust kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifidagi bergan topshiriqlariga asosan, Sariosiyo tumanida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tumanda elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish, energotejamkor uskunalarni keng joriy qilish, talon-torojliklarni oldini olish, fuqarolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yanada samarali tashkil etish haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminarda quyosh paneli tushunchalari, tejamkor gorelka avfzalliklari, quyosh panellari uchun ajratiladigan kreditlar hamda quyosh paneli rasmiylashtirilishi bo‘yicha mas’ul mutasaddilarning ma’ruzalari tinglandi.