Sariosiyo tumani hokimligi-“Keksalar haftaligi” tadbiri davom etmoqda
...
10.10.2024
25 marta o'qildi

Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-sonli Qarori bilan har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan. Shunga koʻra, joriy yilning 4-10-oktabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida Sariosiyo tumani hokimning o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘lim boshlig‘i D.Toshmatova, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i S.Qosimov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri T.O‘zbekov tomonidan Sariosiyo tuman Farhod “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyidagi keksa avlod vakillari holidan xabar olindi.

 

Bu kabi tadbirlar tumanning barcha hududlari boʻylab davom etmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?