Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida tuman hokimligi katta majlislar zalida kengaytirilgan tarkibda “Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari”ga bag‘ishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining tarmoqlar boʻyicha oʻrinbosarlari, boshqarma, idora, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda, kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish, belgilangan topshiriqlar ijrosini qat’iy tartib-intizom ostida ijro etish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.
Har bir topshiriq ijrosi monitoring qilinib, qat’iy nazoratga olinganligi ma’lum qilindi.
Tuman hokimi kambagʻallikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasida oliy ma’lumotlilar bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish choralarini koʻrish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.
Shundan soʻng, tuman rahbari har bir majmua va sohalar hamda hududlar boʻyicha aniq muddatlar belgilangan topshiriqlar, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Belgilangan vazifalar mas’uliyat bilan bajarish barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.