Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali mas’ul xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Dastlab, ishtirokchilarga hrm.argos.uz platformasiga kiritilgan yangi o‘zgarishlar haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Jumladan, tashkilotlardagi vakant lavozimlar uchun tanlovlarni e’lon qilish, xodimning tashkilotdagi faoliyatini yakunlash jarayonlari faqatgina hrm.argos.uz platformasi orqali amalga oshirilishi tushuntirildi.
O‘quv-seminar davomida, Sariosiyo tumanida davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirishda tashkilot va korxonalar tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida fikr mulohazalar bildirildi.
Soha mutaxassislari tomonidan hrm.argos.uz- elektron platformasida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar tizim orqali ko‘rsatilib, muhokama qilindi. Bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.