Jinoyatchilikni oldini olish va mahallabay ishlashni tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilinmoqda
Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Jinoyatchilikni oldini olish va mahallabay ishlashni tashkil etish borasidagi ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tasdiqlangan vazifalar ijrosi yuzasidan, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda mahallabay ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahliliy va tanqidiy muhokama qilindi.
Muhokamada, olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan fikr bildirilib, mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, ularning barvaqt aniqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini va huquqni muhofaza qilish organlarining o‘zaro hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.