O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi yuzasidan, bugun Sariosiyo tumanidagi 82-sonli hamda 12-sonli umumta’lim maktablarida o‘zbek va tojik xalqlarining do‘stligi, o‘zbek va tojik zamonaviy adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan yozuvchi, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi faxriy a'zosi, Tojikiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti, filologiya fanlari doktori, professor, Tojikiston Qahramoni Sadriddin Ayniy tavalludining 146 yilligi munosabati bilan “Ikki xalq farzandi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir tumanning 82-sonli umumta’lim maktabidan boshlandi.
Tadbirda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, Respublika Tojik milliy madaniy markazi raisi G.Subxanova, qator viloyatlar Tojik milliy madaniy markazi rahbar va a'zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Unda Sadriddin Ayniyning hayoti va ijodi, o‘zbek hamda tojik adabiyotidagi tutgan o‘rni borasida so‘z yuritildi. Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan yozuvchi ijodiga oid badiiy chiqishlar namoyish etildi.