Boks bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zosi, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschimiz chorakfinalda avstraliyalik Teremoana Teremoanani mag‘lub etdi.
Endi u 7-avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.
Yurtimiz faxri bo‘lgan vohadoshimizga yarimfinalda omad tilaymiz!