Respublika Tojik milliy madaniy markazi Sariosiyo bo'linmasi rahbari, Turon akademiyasi faxriy akademigi Atam Safarov II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari T.O‘zbekov va keng jamoatchilik vakillari faxriyimizning xonadoniga tashrif buyurishdi. Atam Safarovning holidan xabar olinib, ko‘krak nishoni yetkazib berildi va mukofot uning yashash xonadonida tantanali topshirildi.
A.Safarov pedagogik rahbarlik faoliyati asosan, mustaqillik yillarida shakllanib maktabda, xalq ta’limi, kasb-hunar ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va boshqarish, kadrlar va ularning bilimi, mutaxassisligi ish tajribasi va salohiyatini oshirishga yaqindan yordam berish, ta’lim muassasalarida ta’lim to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida ijobiy ishlarni amalga oshirgan.
Davlatimizning yuksak mukofotiga munosib ko‘rilgan tumandoshimizni tuman hokimligi jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!