Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev aholi tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil qilgan holda aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada faollashtirish maqsadida tumanda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 4 ta (Bo‘yrapusht, Hulkar, Niholzor, Shabnam) mahallalarda sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan aholi tomorqa yer maydonlariga suv boradigan ichki sug‘orish tarmoqlarini qazish, tozalash, betonlashtirish, bahor mavsumiga tayyorlash ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Bo‘yrapusht mahallasi hududidagi ijara yerlarda “Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosida serdaromad ekinlar ekilishini hamda aholi tomorqalarini ekin ekishga yer tayyorlash ishlarini tashkil etilishi o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida, tumanda bu borada amalga oshirilgan ishlar e’tirof etilgan holda, kelgusida amalga oshirilish lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan bu borada mas’ul bo‘lgan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.