...
10.03.2025
0 marta o'qildi

Sariosiyo tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida markazning faoliyati hamda unda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordam turlari xizmatlar sifatini yaxshilash, korrupsiyani olidini olish yuzasidan markaz rahbar va xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishida, tuman hokimi tomonidan ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash, ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani nazarda tutilib, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?