...
12.03.2025
0 marta o'qildi

Bugun, Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida tuman hokimligi katta majlislar zalida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda, tuman hokimining birinchi va tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot, korxona hamda muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Yig‘ilishda, rahbar tomonidan berilgan topshiriqlar, ijro intizomi, kunlik ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan soha rahbarlari axborot berishdi.

 

Jumladan, yig‘ilishda tuman hokimi tomonidan murojaatlar bilan tizimli ishlash, yer va mol mulk soliq tushumlari undirilishi, eksport masalalari, yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari tahlil qilinib, bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?