Navbatdagi “Hokimlik soati”da vazifalar ijrosi muhokama qilindi
Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida tuman hokimligi katta majlislar zalida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo'rabekova, sektor rahbarlari, tuman hokimining birinchi va tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tashkilot, korxona hamda muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, rahbar tomonidan berilgan topshiriqlar va media-murojaatlar ijrosi, ijro intizomi, kunlik ko‘rsatkichlar bo'yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan soha rahbarlari axborot berishdi.
Jumladan, yig‘ilishda tuman hokimi tomonidan ijro intizomi, murojaatlar bilan tizimli ishlash, kommunal sohada xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, yer va mol mulk soliq tushumlari undirilishi, eksport masalalari, biriktirilgan yoshlar bilan ishlay hamda ularga amaliy yordam ko'rsatilishi holati, yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari tahlil qilinib, hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab berildi.