...
11.03.2024
66 marta o'qildi

Hokimlik soati: Ijro intizomi, xorijiy-hududiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport va soliq tushumlari rejasining bajarilishi, quyosh panellari o‘rnatilishi hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.


Bugun Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” o‘tkazildi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokimning birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Kun tartibida ijro intizomi, hafta davomida hamda viloyat hokimi tashrifida berilgan vazifalar, hududlarda belgilangan topshiriqlar, Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, “Navro‘z” umumxalq bayramini yuqori saviyada tashkil etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mutasaddilarga tumanning eksport va investitsiya ko‘rsatkichlari, qishloq xo‘jaligidagi topshiriqlar ijrosi hamda kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish vazifalari topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?