...
13.02.2024
69 marta o'qildi

Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida navbatdagi hokimlik katta majlislar zalida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda topshiriq va murojaatlar ijrosi, ijro intizomi, mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi, kunlik ko‘rsatkichlar tahlili ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda, tuman hokimining birinchi va tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va sohalar rahbarlari olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishdi.

Mutasaddilarga ishlarni jonlantirish, yashirin iqtisodiyot bilan tizimli ishlash, muammoli kreditlar hamda MIB undiruvi, bandlik, eksport masalalari, Germaniya davlatida ishlash istagida bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, yoshlarni IT sohalariga o‘qitish, hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab berilib, keyingi yig‘ilishlarda topshiriqlar ijrosi muhokama qilinishi belgilandi.

Ayrim rahbarlarga tuman hokimining oxirgi ogohlantirishlari berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?