Tuman hokim Abduqodir Donayev rahbarligida mahallalardagi hokim yordamchilari, shuningdek, iqtisodiy kompleks tashkilotlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, Prezidentimizning vohaga tashrifida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, ularni biznesga jalb qilish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish borasida 2024-yildagi muhim vazifalar muhokama qilindi.
Mas’ullarga belgilangan tadbirlarni sifatli amalga oshirish boʻyicha yangi vazifalar belgilab berildi.