...
12.09.2024
18 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokim Abduqodir Donayev rahbarligida mahallalardagi hokim yordamchilari, shuningdek, iqtisodiy kompleks tashkilotlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Yig‘ilish davomida hokim yordamchilarining asosiy faoliyat yo‘nalishini belgilab beruvchi mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni “xonadonbay” o‘rganish, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish, subsidiyalar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishga ko‘maklashish, ishsizlarni, birinchi navbatda “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kirgan yoshlar va xotin-qizlarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish kabi asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi muhokama qilindi.

 

Mas’ullarga belgilangan tadbirlarni sifatli amalga oshirish boʻyicha yangi vazifalar belgilab berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?