Sariosiyo tumani hokimligi-Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
...
18.01.2024
95 marta o'qildi

Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, tuman hokimligi katta majlislar zalida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari va tumandagi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, tuman hokimi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi.

Jumladan, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish, mavjud masalalar yuzasidan huquqiy tomonlama yordam berish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan yoshlarga yordam ko‘rsatish, muammolarni aniqlash va bartaraf etish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar eshitilib, joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Ochiq muloqot ko‘rinishida o‘tgan uchrashuvda, yoshlarning murojaatlari yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?