Sariosiyo tumani hokimligi-Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi
...
06.03.2024
77 marta o'qildi

Sariosiyo tumanidagi “Farhod” ayollar “Muruvvat” uyida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Yurtimiz ravnaqini yuksaltirishda tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, davlat va jamoat ishlarida faol bo‘lgan Muruvvat uyida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar hamda ushbu muassasada davolanayotgan xotin-qizlarni uchun, bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirini tuman hokimi o‘rinbosari Dilfuza Toshmatova ochib berib, hayotning fayzi va ko‘rki bo‘lgan ayollarni ushbu bayram bilan samimiy tabriklab, o‘z dilidagi tilaklarini bildirib o‘tgandan so‘ng, tadbirning badiiy qismi boshlandi.

Muruvvat uyi, Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barchaga ko‘tarinki ruh ulashgan bo‘lsa, tadbirga xar-xil sahna ko‘rinishlari va qizlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar barchani xrom aylashga chorladi.

Tadbir munis va mo‘tabar ayollarimizni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlarga boy bo‘lib, barcha dasturxon atrofida jam bo‘lgan latofat va nafosat sohibalarini ulug‘lagan holda ko‘tarinki va tadbir so‘ngida esdalik sovg‘alari topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?