Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining tashabbusi bilan umumta'lim maktablarning sohalar bo'yicha rahbarlari bilan "Yangi O'zbekistonning yangi ta'lim bosqichi yoʻlida ota-onalar hamkorligi" shiori ostida o'quv seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan ishlar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan odob-axloq qoidalari boʻyicha berilgan tavsiyalar ba’zi hududdagi ota-onalarga toʻgʻri yetkazib berilmayotgani tanqidga olinib, endilikda yangi oʻquv yili boshlangunga qadar Sariosiyo tuman MMTB tasarrufidagi barcha umumta’lim maktablarida ota-onalar uchun targʻibot ishlari olib borilishi boʻyicha topshiriqlar berildi.
Seminar soʻngida ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni ota-onalar hamkorligida bajarish lozimligi va eng avvalo ota-onalarga toʻgʻri yoʻnalish berilmogʻi lozim deb taʼkidlandi.