Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Gulobod mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Gulobod mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.
Qabul davomida, fuqarolar tomonidan IT-o‘quv kursi va xususiy MTM ochish uchun imtiyozli kredit, mahalladagi bo‘sh yer maydoniga stadion qurib berish, subsidiya, mahalla hududida yoshlar uchun konsert dasturlari o‘tkazish masalasida yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.