Sariosiyo tumani hokimligi-Germaniya davlatida ishlash istagida bo‘lgan yoshlar uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etildi
...
06.02.2024
108 marta o'qildi

Germaniya davlatida ishlash istagida bo‘lgan yoshlar uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etildi

Bugungi kunda, Sariosiyo tumanidan Germaniya davlatiga borib ishlash istagini bildirgan yoshlarning ro‘yxati shakllantirilib, tuman markazidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi binosida 6 oylik bepul o‘quv kurslari tashkil etilgan, ushbu o‘quv kurslarida 100 nafardan ortiq yoshlar qulay sharoitlarda, malakali o‘qituvchilar tomonidan nemis tiliga o‘qitilmoqda.

Tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi boshlig‘i G‘.Davlatov Germaniya davlatiga borib ishlash istagini bildirgan yoshlar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida, yoshlar tomonidan koʻtarilgan muammo va takliflarni inobatga olgan holda, ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida zarur tavsiyalar va sohaga oid ma’lumotlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?