Sariosiyo tumani hokimligi-Fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi 26.03.2024-yil
...
26.03.2024
73 marta o'qildi

Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokimi Abduqodir Donayev, Xalq qabulxonasi mudirasi Oydin Joʻrabekova, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

 

 

Qabulda ijtimoiy himoya, davolanish uchun yo'llanma, yer maydoni va subsidiya ajratish kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 35 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Eslatib oʻtamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni boʻlib oʻtadi.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?