Sariosiyo tumani hokimligi-Fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi 2024-yil 23-iyul
...
23.07.2024
51 marta o'qildi

Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Qabulda ijtimoiy himoya, MIB undiruvi, davolanish uchun yo‘llanma, subsidiya ajratish kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 27 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?