Fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
Bugun, 5-sentabr kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo'rabekova, tuman IIB boshlig‘i M.Amonto‘rayev hamda tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabulda moddiy yordam, ichimlik suvi, ijtimoiy himoya, kredit, uy-joy, yer va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 37 nafar fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o'tamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni bo'lib o'tadi.