Energiya resurslaridan oqilona foydalanishning afzalliklari:
-oila budjetini tejaydi;
-tashkilotlarda xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi, mahsulot tannarxi pasayadi;
-resurslarning barcha iste’molchilarga bir me’yorda yetkazib berilishiga hissa qo‘shadi;
-tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldi olinadi;
-ekologiya yaxshilanishiga hissa qo‘shiladi;
-ushbu qimmatli resurslarni kelajak avlodga yetkazish imkoniyati yaratiladi.