Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, uyma-uy yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida, 1-sektor hududida joylashgan Ehtirom mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Ehtirom mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda, mahalla yoshlari tomonidan bir qator murojaat va takliflar ko‘tarildi, jumladan mahalla hududida kichik stadion barpo etish, ish bilan ta’minlash masalalarida yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.