Tumanimizda zamonaviy shart-sharoitlarga ega umumta’lim muassasalari soni tobora ortib bormoqda. Jumladan, Diydor mahallasida joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabi to‘liq mukammal ta’mirlanib, tantanali foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida, Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, “Nuroniy” jamgʻarmasi Sariosiyo tuman boʻlimi raisi S.Qosimov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati, soha mutaxassislari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Davlat investitsiya dasturi asosida kapital ta’mirlangan mazkur umumta'lim maktabida 540 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Muhimi, zamonaviy jihozlangan sinf xonalarda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun barcha qulaylik yaratildi.