Sariosiyo tumani hokimligi-Davlat Rahbari yig'ilishidan so'ng
...
31.01.2024
89 marta o'qildi

Kuni kecha, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Xususan, bugun tuman hokimligi katta majlislari zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida tumandagi qurilish sohasidagi aloqador tashkilot rahbarlari ishtirokida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda, aholiga munosib sharoitlar yaratish, qurilish loyihalari energiya tejamkorligiga javob berishini ta’minlash, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, yerto‘lalarini tadbirkorlarga ijaraga berish, ichimlik suvi va ko‘prik qurilishi loyihalari amalga oshirish, shu bilan birga, qurilish sohasiga zamonaviy standartlarni joriy qilish va sifatini ta’minlash borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan va noqonuniy qurilgan obyektlarni tartibga olish bo‘yicha qonunchilikni mustahkamlashda, qonuniylik va shaffoflik ta’minlanash zarurligi ta’kidlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?