Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tumanning Dashnobod hududiga tashrif buyurib, Sarijar mahallasidagi yangi qurilayotgan 100 qatnovli oilaviy poliklinika binosi qurilish ishlari, “Ziynat” sport maktabi faoliyati bilan tanishdi hamda Kelajaksari mahallasi hududida qaytadan ta’mirlanayotgan bolalar futbol o‘yingohini ko‘zdan kechirdi.
Shunga ko‘ra, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga qurilish va obodonlashtirish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.