Bobur — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisidir.
Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg‘ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning evarasi. Bobur 1494-yil Farg‘ona hokimi bo‘ladi, 1526-yil Hindistonda markazlashgan boburiylar davlatiga (jahon tarixiga “buyuk mo‘g‘ullar saltanati” bo‘lib kirgan) asos solib, Hindiston inglizlar tomonidan bosib olinishiga qadar (1848) mavjud bo‘lgan. Agra shahrida 1530-yil 26-dekabr kuni vafot etgan.
Zahriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi; boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi. Boburning ilmiy mehnatlari orasida “Aruz haqida risola” (1523-25) alohida o‘rin egallaydi, unda sharqiy aruz vazni ko‘rib o‘tiladi. 1521-yil islomning beshta shariat ustuni bayon etilgan falsafiy-diniy “Mubayyin” asarini yozgan.
"Bobur – dilbar shaxs. Uyg‘onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo‘lgan.
Bobur o‘ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. Bobur san’at va, ayniqsa, adabiyotni sevardi.
Javohirla’l Neru